Kimmix Chempionlar ligasida 100 ta oʻyin oʻtkazgan 52-futbolchiga aylandi
Nemis futbolchisi bu koʻrsatkichni faqat bitta klub safida qayd etdi.
FOTO: Getty Images
Myunxenning «Bavariya» klubi yetakchisi Yozua Kimmix «PSJ»ga qarshi oʻyinda oʻzining Chempionlar ligasidagi 100-uchrashuvini oʻtkazdi.
Kimmix tarixda Chempionlar ligasida 100 ta oʻyin oʻtkazgan 52-futbolchiga aylandi. U shuningdek, bu koʻrsatkichni faqat bitta klub safida qayd etgan 16 futbolchidan biri boʻldi. «Bavariya» safida bunga qadar Tomas Myuller, Manuel Noyer, Filipp Lam va Oliver Kan erishgan edi.
Joriy mavsumda Kimmix «Bavariya» safida 100-o‘yinlik marrani zabt etgan birinchi futbolchi boʻldi.
28 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist