locale OZ

Kilian Mbappe qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kilian Mbappe qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe tez orada maydonga qaytadi. Bu haqda jurnalist Migel Anxel Dias ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchi La Liga doirasida bo'lib o'tadigan “Xetafe”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Biroq “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalida ishtirok etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Qirollik klubi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting