locale OZ

Kilian Mbappe: «Bu – Fransiya tarixidagi eng kuchli terma jamoa emas»

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH–2026 chorak finalida Marokash ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kilian Mbappe: «Bu – Fransiya tarixidagi eng kuchli terma jamoa emas»
photo: gettyimages

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH–2026 chorak finalida Marokash ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Ushbu bahsda Mbappe bir gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining yarim finalga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

«Bu – Fransiya tarixidagi eng kuchli terma jamoa emas. Ammo bu jamoaning salohiyati juda yuqori. Eng yaxshi jamoalar — sovrin yutadigan jamoalardir», — deya Mbappening so‘zlaridan keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Dide Desham shogirdlari Jahon chempionati yarim finalida Ispaniya — Belgiya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting