Kieza — «Liverpul»ning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
U Rayyan Gravenberx va Alisonni ortda qoldirdi.
Фото: Liverpool
“Liverpul”ning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi.
Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Federiko Kieza oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Italiyalik futbolchi o‘tgan oy davomida olti uchrashuvning uchtasida maydonga tushib, jami 126 daqiqa o‘ynadi. U “Sautgempton”ga qarshi o‘yinda ikkita assist qayd etdi va “Kristal Pelas” darvozasini ishg‘ol qilgan.
Chiesa muxlislarning 34 foiz ovozi bilan g‘olib chiqdi. Rayyan Gravenberx va Alison esa 18 foizdan ovoz to‘pladi.
Ma'lumot uchun, Kieza 2024 yilning yozida jamoaga kelib qo‘shilgandi. Shu kungacha mersisayd jamoasida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist