locale OZ

Kieran Tierney — \"Celtic\" futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kieran Tierney — "Celtic" futbolchisi
Photo: Getty Images

"Arsenal" sobiq himoyachisi Kieran Tierney faoliyatini Shotlandiyada davom ettiradi.

U sobiq jamoasi "Celtic"ka qaytdi. 28 yoshli futbolchi Glazgo klubi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi. Yangi jamoada 63-raqam ostida to‘p suradi.

Tierney "Celtic" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu klub safida 2019 yilgacha harakat qilgan. Shundan so‘ng "Arsenal"ga yo‘l olgan.

U "kanonirlar" bilan shartnomasi yakuniga yetgach, erkin agent sifatida Shotlandiyaga qaytdi.

O‘tgan mavsum Kieran APLda 13ta o‘yinda 1ta gol urgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting