locale OZ

Kichik Anchelotti Shotlandiyada ish boshlashi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kichik Anchelotti Shotlandiyada ish boshlashi mumkin
Photo: Getty Images

Davide Anchelotti “Real”ni tark etgandan so‘ng mustaqil tarzda murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib tayinlanganidan keyin uning murabbiylar shtabida Pol Klement ish boshlaydi.

Davide Anchelotti esa otasiga Ekvador va Paragvayga qarshi iyun oyidagi ilk o‘yinlarda yordam beradi. Shundan so‘ng u o‘zining mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlaydi.

Unga “Reynjers” klubi qiziqish bildirmoqda. 35 yoshli italiyalik mutaxassis shotlandiyaliklarning taklifini qabul qilishi mumkin. Glazgo klubi kichik Anchelottining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting