Keyn «Tottenhem»ga qaytmoqchi emas
Futbolchi Myunxenda baxtli ekanini aytdi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn "Tottenhem"ga qaytishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
"Ochig‘i, qaytishimga ishonchim komil emas. Men bu yerda, Myunxenda juda baxtliman. "Tottenhem"ga qaytish hozir men o‘ylayotgan narsa emas. Men va "Tottenhem" — bu abadiy. Umrimning ko‘p qismini o‘sha yerda o‘tkazdim. Men ularning muxlisiman va ularni doim kuzatib boraman.
"Tottenhem" hayotimning bir qismi bo‘lib qoladi, ammo "Bavariya"da baxtliman. "Tottenhem" bu yil sovrinni qo‘lga kiritganini ko‘rish ajoyib bo‘ldi. U yerda ko‘plab do‘stlarim qoldi – o‘yinchilar va xodimlar orasida," — dedi Keyn Daily Mail nashriga.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist