Keyn orzular jamoasini tuzdi
Bu ro‘yxatga Harri o‘zini kiritishni istamadi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" jamoasi hujumchisi Harri Keyn barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani tuzdi.
Ramziy jamoa quyidagi futbolchilardan tashkil topdi.
Bular: Manuel Noyer – Marselo, Jon Terri, Jorjo Kyellini, Kayl Uoker – Serxio Buskets, Zinedin Zidan, Andres Inyesta – Krishtianu Ronaldu, Ronaldu va Lionel Messi.
Ma'lumot uchun, Harri Keyn "Bavariya"da 2023 yildan buyon to‘p tepmoqda. 32 yoshli futbolchi joriy mavsum Myunxen klubi safida 11 o‘yinda 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist