locale OZ

Keyn «Manchester Siti» bilan bog‘liq mojaro haqida fikr bildirdi

Garri boshqa mavzularga chalg‘imasligini aytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn «Manchester Siti» bilan bog‘liq mojaro haqida fikr bildirdi
Фото: Getty Images

Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn Angliya futbolida so‘nggi kunlardagi asosiy mavzulardan biri haqida fikr bildirdi. «Manchester Siti» Premer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlik bo‘yicha qo‘yilgan 114 ta ayblovning barchasi yuzasidan aybdor deb topilgan.

Klubga nisbatan jiddiy jazolar, hatto chempionatdan chetlatish va 2009-yildan 2018-yilgacha qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonlarini bekor qilishgacha bo‘lgan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.

«Hozircha bu borada aytadigan gapim yo‘q. Bu juda muhim mavzu ekanini tushunaman, ammo vaziyatni yaxshiroq o‘rganib chiqishim kerak. Bu yerda bo‘lganimda, faqat Angliya terma jamoasi haqida o‘ylayman. Hozir butun e’tiborim Xorvatiyaga qarshi bo‘lajak o‘yinga qaratilgan», — deya «Bavariya» hujumchisining so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Seshanba kuni angliyaliklar Millatlar ligasi doirasida Chexiya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting