Keyn Germaniyada 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Angliya terma jamoasining 33 yoshli hujumchisi Germaniya sport jurnalistlari assotsiatsiyasining 659 nafar a’zosi ishtirok etgan Kicker jurnali so‘rovnomasi yakunlariga ko‘ra g‘olib chiqdi.
photo: gettyimages
Keyn Germaniyada 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Angliya terma jamoasining 33 yoshli hujumchisi Germaniya sport jurnalistlari assotsiatsiyasining 659 nafar a’zosi ishtirok etgan Kicker jurnali so‘rovnomasi yakunlariga ko‘ra g‘olib chiqdi.
Keyn 272 ta ovoz to‘plab, ushbu mukofotni birinchi marta qo‘lga kiritdi. U Maykl Oliseni (203) ortda qoldirdi. Olise o‘tgan yilgidek yana ikkinchi bo‘ldi — o‘shanda sovrin kamroq ovoz (191) bilan g‘olib chiqqan Florian Virtsga nasib etgan edi. Kuchli uchlikka Shtutgart a’zosi Deniz Undav (61 ovoz) yakun yasadi.
Jurnalistlar Vensan Kompanini eng yaxshi murabbiy deb topishdi. Bavariyani boshqarayotgan belgiyalik mutaxassis uchun 314 nafar jurnalist ovoz berdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor