locale OZ

Keyn faoliyatidagi 500-golini urdi

Shundan 100 tasi penaltilardan amalga oshirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn faoliyatidagi 500-golini urdi
ФОТО: Getty images

Harri Keynning "Verder" darvozasiga urgan ikkinchi goli u uchun yubiley gol bo‘ldi.

"Bavariya" hujumchisi Bundesliga doirasidagi uchrashuvning 22-daqiqasida dastlab o‘n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi, 25-daqiqada esa Luis Diasning uzatmasidan unumli foydalangan holda o‘yindan gol urdi.

Endilikda ingliz futbolchisining hisobida turli klublar va terma jamoa safidagi professional faoliyati davomida kiritilgan 500 ta gol bor. Shundan 100 tasi penaltilardan amalga oshirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting