Keyn «Bavariya» safidagi 105 ta o‘yinda 102 ta gol urdi
Kipr klubiga qarshi bahsda dublga erishdi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn klub safidagi 105-o‘yinida 102-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Angliyalik 32 yoshli forvard Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan “Pafos”ga (5:1) qarshi bahsda dublga erishdi.
Ingliz to‘purari joriy mavsum Chempionlar ligasida o‘tkazilgan ikki o‘yinda to‘rtta gol muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023 yilning yozidan buyon myunxenliklar safida to‘p surmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist