Kevin de Bruyne Manchester Sitidan ketmoqda: futbolchiga da'vogar klublar ma'lum qilindi
Kevin de Bruyne Manchester Sitidan ketmoqda: futbolchiga da'vogar klublar ma'lum qilindi
Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarim himoyachisi Kevin de Bruyne mavsum yakunlangandan so‘ng, klubni tark etishini ma'lum qildi. Ushbu xabardan so‘ng, Saudiya Arabistonining ikki klubi belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shishni xohlamoqda. «Al-Qadisiya» va «Neom» futbolchini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, Germaniyaning «Volfsburg» klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida sobiq o‘yinchi haqida yozdi: «Kevin, sen hali ham esingdan chiqarmaganmisan? Sen va men o‘n yil oldin? Balki yana birga bo‘lamiz?».
Belgiyalik futbolchi 2015 yilda Germaniya klubini almashtirgan. «Manchester Siti» bilan birga 16 ta trofeyni qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda de Bruyne 31 ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urib, yettita samarali pas berdi.
Bakradze Iman
Redaktor