locale OZ

Kerkez: \"Liverpul\"ga o'tganimdan mamnunman\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kerkez: "Liverpul"ga o'tganimdan mamnunman"
Photo: Getty Images

“Liverpul”ning yangi futbolchisi Milosh Kerkez jamoasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men juda baxtliyman. Dunyoning eng yirik klublaridan biri, Angliyaning eng katta klubida o‘ynash sharaf. Men shunchaki juda, juda xursandman va ko‘tarinki kayfiyatdaman.

Hozir uyga ketaman va bir necha kunni o‘z shahrimda o‘tkazaman, keyin esa qaytib kelib, mashg‘ulot formasini kiyib, mashg‘ulotlarni boshlash va mavsumga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman.

Klub bilan sovrinlar yutish uchun borimni bermoqchiman va "Enfild"da bir nechta gol urishga umid qilaman. Muxlislarning hayqirig‘ini eshitishni sabrsizlik bilan kutyapman. Ko‘rishguncha, - dedi Kerkez.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting