Kerkez \"Liverpul\"ga o'tadi
Tomonlar kelishuvni yakunlash arafasida.
Photo: Getty Images
"Bornmut"ning qanot himoyachisi Milosh Kerkez tez orada “Liverpul” bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar kelishuv shartlarini yakunlash arafasida. Ta'kidlanishicha, 21 yoshli vengriyalik futbolchi "Liverpul" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan.
Himoyachi Angliya Premyer-ligasining o'tgan mavsumida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist