locale OZ

Kazemiro «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bir yilga uzaytirish opsiyasini faollashtirishi mumkin

33 yoshli braziliyalikning amaldagi kelishuvi yozda yakuniga yetadi. Joriy mavsumda Kazemiro 18 ta o‘yinda ilk daqiqalardan harakat qildi – barchasi APLda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bir yilga uzaytirish opsiyasini faollashtirishi mumkin
photo: gettyimages

The Athletic xabariga ko‘ra, agar Kazemiro ushbu mavsumda ma’lum miqdorda – taxminan barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushsa, «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bir yilga uzaytirish opsiyasini faollashtirishi mumkin.

33 yoshli braziliyalikning amaldagi kelishuvi yozda yakuniga yetadi. Joriy mavsumda Kazemiro 18 ta o‘yinda ilk daqiqalardan harakat qildi – barchasi APLda.

Ayni damda «MYU»da turnirlardan faqat Angliya chempionati qolgan. Jamoa Yevropa turnirlarida ishtirok etmayapti va barcha ichki kuboklardan allaqachon chiqib ketgan.

APL yakuniga qadar 17 ta tur qolgani sababli, Kazemiro chempionat oxirigacha har bir o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kerak.

Qayd etilishicha, agar yarim himoyachi ushbu shartni bajarsa va «MYU» Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, shartnomaning so‘nggi yilida uning maoshi maksimal qiymatga – 18 million funtdan ko‘proqqa qaytadi. Biroq klubga yaqin insonlar bunday ssenariyning amalga oshishini juda dargumon deb hisoblashmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting