locale OZ

Kazemiro «Inter Mayami» bilan shartnoma imzoladi

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro «Inter Mayami» bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Getty images

Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro Amerikaning «Inter Mayami» klubi a'zosiga aylandi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv to'liq yakunlangan. Kazemiro «Inter Mayami»ga erkin agent maqomida qo'shildi va klub bilan 2028 yilning dekabrigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Lionel Messi to'p suradigan klubga ko'chib o'tish uchun xavbek Saudiya Arabistonidan bo'lgan saxovatli taklifni rad etdi, shuningdek, uchta Yevropa jamoasiga rad javobini berdi.

Kazemiro 2022 yildan 2025 yilgacha «Manchester Yunayted» safida to'p surgan. Premyer-liganing ortda qolgan mavsumida u 34 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting