Kazemiro Anchelottining Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga munosabat bildirdi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
Italiyalik mutaxassis hozirda “Real Madrid”ni boshqaradi, biroq 26-may kuni rasman Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.
“Menimcha, u terma jamoaning yangi murabbiyi bo'lishi kerak edi. Braziliyaga hurmatga sazovor bo'lgan katta nomga ega professionallar kerak. Anchelotti ajoyib murabbiy.
Keling, uning davridan zavqlanaylik. Natijalardan qat'iy nazar, u g'alaba yoki mag'lubiyat boladimi, u o'yinchilarni eng yaxshi tarzda o'ynashga, ulardan maksimal darajada foydalanishga va eng yaxshi fazilatlarini namoyon qilishda qodir”, - deydi Kazemiro.
Eslatib o'tamiz, Anchelottining Braziliya terma jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2026-yilga qadar mo'ljallangan. Hamkorlik allaqachon e'lon qilingan.