locale OZ

«Kattaqo'rg'on» yetakchi futbolchilarini saqlab qoldi

Mazkur futbolchilar bilan 2026-yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan kelishuv imzolangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kattaqo'rg'on» yetakchi futbolchilarini saqlab qoldi
Фото: Каттақўрғон

"Kattaqo'rg'on" Pro ligaga tayyorgarlik jarayonini poytaxtda davom ettirmoqda. Klub rahbariyati 4 nafar futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.

Jamoamiz sardori Anvarjon Fayzullayev, Asliddin Tursunpo'latov, Sayyodbek Davronov hamda Azizbek Ahmedovlar bilan hamkorlik davom etadigan bo'ldi. Mazkur futbolchilar bilan 2026-yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan kelishuv imzolangan.

Ma'lumot uchun, Sayyodbek Davronov Birinchi liganing o'tgan mavsumida 16 gol bilan to'purarlar poygasida 3-o'rinni egalagan bo'lsa, Asliddin Tursunpo'latov 15 ta golli uzatma bilan eng yaxshi assistentlar qatorida e'tirof etilgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting