locale OZ

«Kattaqoʻrgʻon» klubiga «Metallurg»ga qarshi bahs uchun texnik magʻlubiyat yozildi

Bellashuv Samarqanddagi «Afrosiyob» stadionida soat 16:00 ga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kattaqoʻrgʻon» klubiga «Metallurg»ga qarshi bahs uchun texnik magʻlubiyat yozildi
Фото: Proliga

Bugun, 8 oktabr kuni Proliganing 21-turi doirasida «Kattaqoʻrgʻon» va «Metallurg» jamoalari oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtishi kerak edi. Bellashuv Samarqanddagi «Afrosiyob» stadionida soat 16:00 ga belgilangan.

Bahsga har ikki jamoa va ularning rasmiylari oʻz vaqtida yetib kelgan. Biroq tez tibbiy yordam mashinalari hamda xavfsizlik uchun masʼul organlarning kechikishi sababli bahsni belgilangan vaqtda boshlashning imkoni boʻlmagan.

Proliga reglamentining 15.18-bandiga koʻra, bunday vaziyatlarda bahs komissari 30 daqiqa kutganidan soʻng mezbon jamoaga texnik magʻlubiyat yozish huquqiga ega. Shuningdek, «Afrosiyob» stadionidagi yoritish tizimi professional futbol bahslarini oʻtkazish talablariga javob bermaydigan holatda boʻlgani aniqlangan.

Shu sababli bahs komissari «Kattaqoʻrgʻon»ga 0:3 hisobidagi texnik magʻlubiyat, «Metallurg»ga esa xuddi shu hisobdagi texnik gʻalaba yozish haqida qaror qabul qilgan. Qaror Proliga reglamenti talablari asosida chiqarilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting