Karrager «Liverpul»ni tanqid qildi
Mersisaydlilar oxirgi uch o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Jeymi Karrager "Liverpul"ning joriy mavsumdagi o‘yinini tanqid qildi.
"Men "Liverpul"ni deyarli basketbol jamoasiga aylangani uchun tanqid qilgandim. “Chelsi”ga qarshi o‘yindan keyin ham shu fikrdaman. Bu o‘yin darvozadan-darvozaga yugurishga o‘xshadi... "Liverpul" bunday bahsda ustunlik qilishi kerak edi, ayniqsa "Chelsi" tarkibidagi o‘zgarishlarni hisobga olsak.
Hozir "Liverpul" darvozasiga yaqinlashish juda oson. Albatta, "Chelsi" maydonida o‘ynash qiyin, ammo mezbonlarning tarkibini hisobga olsak, "Liverpul" g‘alaba qozonishi kerak edi", – dedi Karrager.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist