Karlo Anchelotti “Barselona”ni chempionlik bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona”ni Ispaniya La Ligasida chempionlikni qo'lga kiritgani bilan tabrikladi.
“Barselona” ajoyib mavsum o'tkazdi va ularni tabriklash kerak. “Barsa” ligadagi eng barqaror jamoa bo'ldi va juda chiroyli futbol namoyish etdi. Ha, ular bu nomga munosib”, - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” La Liganing 36-turidan so'ng 85 ochko jamg'arib, mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist