locale OZ

Karles Martines — «Bayer» bosh murabbiyi

U bilan 2028-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karles Martines — «Bayer» bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

Germaniyaning «Bayer» klubi o‘z rasmiy saytida ispaniyalik mutaxassis Karles Martinesning bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

«Bayer» Karles Martinesni o‘zining yangi bosh murabbiyi etib tayinladi. 42 yoshli ispaniyalik o‘tgan mavsum oxirigacha Fransiya Liga 1'da «Tuluza»ni boshqargan va janubiy fransuzlar klubini to‘qqizinchi o‘ringa olib chiqqan.

U «Bayer»dagi faoliyatini 2026-yil 1-iyuldan boshlaydi va 2028-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

«Tuluza» bilan shartnomasi shu oy oxirida yakuniga yetadigan Martines Leverkuzenda bir mavsumdan so‘ng klubni tark etayotgan Kasper Yulmann o‘rnini egallaydi», — deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting