Karate. 6 nafar karatechi bilan ishtirok etgan jamoamiz 2 ta medal jamg’ardi
Karatechilarimiz Yaponiya mezbonlik qilgan 20-Osiyo o’yinlaridagi ishtirokini 2 ta medal bilan yakunladi.
photo: karate Uzbekistan
6 nafar karatechi bilan ishtirok etgan jamoamiz 2 ta medal jamg’ardi. Yana 2 nafari final bosqichlarida qatnashdi.
Karatechilarimiz Yaponiya mezbonlik qilgan 20-Osiyo o’yinlaridagi ishtirokini 2 ta medal bilan yakunladi. Dastlab 18 yoshli sportchimiz Humoyunmirzo Halimov vitse chempion sifatida delagatsiyamizning ilk medaliga ega chiqdi. Keyingi kun Abdul Vahhob Rashidov O’zbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalini taqdim etdi.
Ma’lumot uchun hali erkaklar o’rtasida karate turi bo’yicha Osiyo o’yinlarida chempionimiz yo’q edi va bu birinchisi.
Shu tariqa Sulaymon Yusupov boshchiligidagi jamoamiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medallarini jamg’arishga muyassar bo’ldilar.
Barcha sportchilarimizni ushbu tarixiy g’alabalar bilan tabriklaymiz!