locale OZ

Kante Fransiya chempionatida to‘p surishi mumkin

Futbolchining "Al Ittihod" bilan tuzgan shartnomasi mavsum yakunidan so‘ng yakunlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kante Fransiya chempionatida to‘p surishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Al Ittihod" yarim himoyachisi N'Golo Kante faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin.

Yevropa OAV xabariga ko‘ra, unga Fransiyaning "Parij" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Parijliklar 34 yoshli yarim himoyachi orqali markazdagi muammolarni hal qilishni rejalashtirgan.

Kantening "Al Ittihod" bilan tuzgan shartnomasi mavsum yakunidan so‘ng tugaydi. Yarim himoyachiga "Parij" jamoasidan tashqari Saudiya Arabistonining 2-3 ta jamoasi ham jiddiy qiziqish ko‘rsatmoqda. Shuningdek, "Al Ittihod" ham jamoa yetakchilaridan birini qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Liga 1 ga chiqqan “Parij” yuqori divizionda 10 ta o‘yinda 11 ochko to‘plab, 12-o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting