locale OZ

Kannavaro Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin

"Oltin to'p-2006" sohibi hozirda ishsiz.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kannavaro Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images

Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, 29-sentabr kuni Milanda Xitoy futbol federatsiyasi va Fabio Kannavaro o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda xitoyliklar italiyalik mutaxassisni terma jamoani boshqarishga ko‘ndirish uchun yangi taklif tayyorlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kannavaro avval ham Xitoyda murabbiylik tajribasiga ega: u 2014-2015 yillarda "Guanchjou" klubini boshqargan, 2017-2021 yillarda esa yana shu jamoani boshqargan. 2019 yil bahorida u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajargan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting