Kannavaro: «O‘zbekiston – oxirigacha kurashadigan jamoa»
Kannavaro o‘z fikrlarini bildirdi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH-2026 qur’asi natijalaridan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz tariximizda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldik. Bu – futbolchilarimiz uchun katta tajriba bo‘ladi. Bosh murabbiy sifatida men o‘z vazifamni mas’uliyat bilan bajarishim kerak. Eng muhimi – jamoa mundial jarayonidan zavq olishi. Guruhimizda FIFA reytingining TOP-20ligiga kirgan ikki kuchli raqib bor.
Shu bois har bir o‘yin juda muhim, uchala bahs ham katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda men yoshlari bilan juda yaxshi ishlaydigan, potensiali yuqori bo‘lgan jamoaga egaman. O‘zbekiston – oxirigacha kurashadigan jamoa. Bu o‘zbek xalqining eng muhim fazilati", – dedi 53 yoshli italiyalik mutaxassis.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist