locale OZ

Kannarvaro: «Men uchun muhim — maydondagi 11 futbolchi bir-birini qanchalik tushuna olishi»

Quvaytga qarshi bahs ertaga bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kannarvaro: «Men uchun muhim — maydondagi 11 futbolchi bir-birini qanchalik tushuna olishi»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.

“Har bir uchrashuv men uchun futbolchilik davrimda ham, hozir ham qiyin. Hech qachon tayyor bo‘lmagan holda maydonga tusha olmaysiz. Shu sababli doimo futbolchilarga maksimal tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidlayman. Hattoki o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham.

Hozirda ikkita uchrashuv uchun, shu yig‘inga chaqirilgan futbolchilardan foydalanamiz, men hujumkor futbol tarafdoriman, biroq bu 90 daqiqa davomida hujum qilamiz degani emas.

Bu futbolchilar men tomonidan chaqirilmagan bo‘lsa-da, hozirda eng yaxshi holatdagi o‘yinchilar shu yerda.

Biz murabbiylar shtabi bilan birgalikda o‘yin haqida muhokama qilamiz, bugun futbolchilar bilan ham gaplashamiz. Kim tayyor bo‘lsa, albatta, maydonga tushadi.

Barcha uchrashuvlarni ko‘rib chiqdim va Turg‘unboev hamda Eshmurodovni tarkibga chaqirish kerakligini aytib o‘tdim. Terma jamoa har bir futbolchining orzusi. Afsuski, tarkibda ikki nafar futbolchimiz ham jarohat oldi.

Timur Kapadze bilan birgalikda ish olib boryapmiz, o‘yin falsafalarimiz o‘xshash. U o‘zbek futboli ulkan tajribaga ega. Menda mahalliy mutaxassis bilan ishlash borasida hech qanday muammo yo‘q. Balki shtabga yana boshqa mahalliy mutaxassislarni ham jalb etishimiz mumkin.

Taktik uslublar bu shunchaki raqamlar xolos. Uch markaziy himoyachi bilan o‘ynash himoyaviy ko‘rinsa-da, aslida hujum boshlashda tezkorlikka erishishga imkon beradi. Men uchun muhim — maydondagi 11 futbolchi bir-birini qanchalik tushuna olishi. Faoliyatim davomida buyuk murabbiylar bilan ishladim, ulardan ko‘p narsa o‘rgandim”, — dedi Kannavaro matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting