locale OZ

Kannararo bilan qancha muddatli bitim imzolangani oshkor qilindi

Matbuot anjumani boshlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kannararo bilan qancha muddatli bitim imzolangani oshkor qilindi
Фото: ЎФА

O‘FA rahbariyati va O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumani boshlandi

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov o‘z fikrlari bilan anjumanni boshladi.

"Bugun mamlakatimiz futboli uchun muhim voqea — yangi bosh murabbiy ishtirokidagi matbuot anjumanini o‘tkazish uchun yig‘ildik.

Murabbiyning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa aniq: jamoani jahon chempionatida munosib ishtirok etishga tayyorlash. Bu yo‘lda biz unga to‘liq ishonch bildiramiz. Shu bilan birga, milliy jamoaning barqarorligini saqlash uchun Timur Kapadze yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli raqamlar tilga olinmoqda, ammo shuni ochiq aytmoqchimanki — bu mish-mish xolos. O‘FA barcha jarayonlarni qonuniy, shaffof va o‘z imkoniyatlari doirasida amalga oshirgan.

Tarixiy natija qayd etib, Jahon chempionatiga yo‘l olishimizda mehnati singgan barcha murabbiylarga, xususan Srechko Katanes va Timur Kapadzega chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Jahon chempionati bu katta musobaqa uni butun dunyo tomosha qiladi va futbol ommasining nigohi O‘zbekistonga qaratiladi. Shu sababli turnirda munosib ishtirok etish va mundial havosini olib kirish uchun aynan futbolchi sifatida ishtirok etgan mutaxassisni jalb qilish ko‘zda tutilgan edi. O‘FA rahbariyati hamda Murabbiylar kengashi tomonidan jamoamizni Jahon chempionatiga tayyorlash uchun italiyalik mutaxassis — Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlanishi maqsadga muvofiq deb topildi.

Kannavaro futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachi edi, istaymizmi yo‘qmi Jahon chempionatida natija qayd etish uchun himoyani mustahkam saqlash talab etiladi: U Jahon chempioni, “Oltin to‘p” sohibi va o‘z vaqtida himoyada ishonch, intizom hamda yetakchilik timsoli bo‘lgan. Himoyaviy o‘yin uslubi natija berishini ko‘rdik, Biz ishonamizki, u o‘zining xalqaro tajribasi, professional madaniyati va taktikasidagi qat’iylik orqali milliy jamoamizga yangi ruh va yangi tizim olib kiradi.

Yangi bosh murabbiy bilan 2+3 ko‘rinishda shartnoma imzolandi. Biz uzoq muddatli hamkorlikni ustuvor deb bilamiz. Osiyo va Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etamiz", - dedi Ermatov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting