Kamoliddin Tojiyev: Imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan foydalana olmadik
Paxtakor bosh murabbiyi Sho'rtan bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Photo: Paxtakor FK
G‘uzordagi Sho'rtan-Paxtakor 0:0 bahsidan so‘ng sherlar ustozi Kamoliddin Tojiyev bellashuv haqida fikrlarini bildirdi.
"Avvalgi uchrashuvda juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Yigitlar juda ko‘p kuch yo‘qotishgandi, ruhan ham og‘ir bo‘lgandi. Mezbonlar to‘liq himoyada harakat qilishdi, buni bilardik.
Ular darvozadan 25-30 metr masofada chuqur himoyalandi, bunday sharoitda ko‘p vaziyat yaratishning iloji ko‘p emas. Imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan foydalana olmadik",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor