Kamoliddin Tojiyev: Bizda 11 nafar emas, 20 futbolchi bor
Paxtakor bosh murabbiyi Qizilqum bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: Paxtakor FK
"Qizilqum"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng Paxtakor bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida fikrlarini aytib o‘tdi.
- Tezkor gol urib oldik. Bu bizga yordam berdi, sababi raqib ham ochilishga majbur bo‘ldi. Qizil kartochkadan so‘ng o‘yinimiz yana o‘zgardi. Yigitlarga rahmat.
Keyingi o‘yinga rejalarimiz bor. Ularni ochiqlay olmayman. Reja bo‘yicha ish tutamiz. Bizda 11 nafar emas, 20 futbolchi bor. Barchani bir xil ko‘ramiz. Har bir pozitsiyaga ikki futbolchi bor",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor