locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Biz himoyada xatosiz harakat qildik»

Bu bellashuvda “sherlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: «Biz himoyada xatosiz harakat qildik»
Фото: Пахтакор ПФК

Buxoroda kechgan bellashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev bahs haqida fikrlarini bildirdi.

Bu bellashuvda “sherlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

“O‘yinning qiyin kechishini bilardik. Raqibimiz juda kurashuvchan jamoa, ular osonlikcha yengilmaydi. Birinchi bo‘limda bir necha vaziyat yaratdik va gol urdik. Tanaffusdan so‘ng mezbonlar to‘pni darhol oldinga yetkazishni boshlashdi. Biz esa himoyada xatosiz harakat qildik. Uchrashuv oxirida himoyaga yana bir o‘yinchi qo‘shdik. Muhim g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman”, - dedi Tojiyev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting