Kamavinganing jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
Photo: Getty Images
“Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga La Liga 33-turida “Xetafe” (1:0) bilan o'yinda jarohat olgandi.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. U mavsum so'ngiga qadar safdan chiqdi. 22 yoshli fransuzning chap son mushaklari jarohatlangan.
Shu sababli Kamavinga mavsum oxirigacha qaytmaydi. U hatto klublar o'rtasidagi jahon chempionatini ham o'tkazib yuboradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist