Kafu: «Roma» chempion bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi»
"Roma" oxirgi marta 2001 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.
ФОТО: Getty images
"Roma" va "Milan" klublarida o‘ynagan braziliyalik himoyachi Kafu italiyalik jurnalistlarning uni Italiya chempioni sifatida kimni ko‘rishni istashi haqidagi savoliga javob berdi.
“To‘g‘risi, hozir bir nima deyish juda qiyin. Bu mavsum qattiq kurash ketmoqda. Meningcha, Skudettoga da’vogarlar ikkitadan ko‘p bo‘ladi. Agar “Roma” bunga erisha olsa, juda xursand bo‘laman. Uzoq vaqtdan beri klub madhiyasini eshitishni kutyapman, hali-hanuz ham terim jimirlab ketadi," – deya Kafuning so‘zlarini keltiradi Pianetamilan.
"Roma" oxirgi marta 2001 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist