locale OZ

«Juventus» qishda Vlahovichni sotishga tayyor

Vlahovich joriy mavsumda A Seriyaning 4 ta o‘yinida 2 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Juventus" qishda Vlahovichni sotishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Juventus" Dushan Vlahovichni qishda sotishga qaror qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, serbiyalik hujumchining turinliklar bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi va klub undan hech bo‘lmasa biroz foyda olishni rejalashtirgan.

Dushanning transferi orqali klub yarim yillik maoshini tejashga umid qilmoqda.

Vlahovichning o‘zi ham yanvarda jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Ta’kidlanishicha, 25 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasi klublari, xususan, "Chelsea" va "Manchester United" qiziqish bildirmoqda.

Vlahovich joriy mavsumda A Seriyaning 4 ta o‘yinida 2 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting