«Juventus» futbolchisi «Al-Ahli»ning taklifini rad etdi
Фото: Getty Images
“Juventus” yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Al Ahli"ga o‘tishdan bosh tortdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi "zebralar"ning 27 yoshli futbolchisi uchun taklifni 35 million yevroga oshirgandi.
Italiyalik futbolchi 12 million yevro va 2028 yilgacha bonuslarni olishi kerak bo‘lgan kelishuvdan voz kechdi.
O‘tgan mavsum u A Seriyada 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist