Jurnalist: \"2:0 bo'lganida o'zingni qanday his qilding?\"
Angliya primyer-ligasi 32 turidan o'rin olgan “Manchester Siti” va “Kristal Pelas” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Shaharliklar ajoyib kambekni amalga oshirib, yirik 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Avvaliga “Siti” 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan edi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalist Pep Gvardiolaga: “ikki top farqi bilan ortda qolayotganingda o'zingni qanday his qilding?”,-deb savol berdi. Pep esa quyidagicha fikr bildirdi:

“Xursand emas edim, lekin tinchlanishga harakat qildim. Chuni biz yomon o'yin ko'rsatmayotgan edik. Ha, biroz yutqazdik, juda tez hujumlarga o'tishni xohladik. Lekin, Kevin gol urganidan keyin joylashuvlarda bizda ko'proq imkoniyat bo'ldi. Juda ko'p imkoniyatlarni qo'ldan boy berdik, davozabon yakkama-yakka vaziyatlarni qutqardi. Bugun pozitsiyalarda o'ynadik, ”Old trafford"da ham, undan oldingi o'yinlarda ham bunday emas edi. Futbolchilarning hammasi yaxshi o'ynadi va biz uchun yaxshi “weekend” bo'ldi",-dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi