Jumayev: «Hali hammasi oldinda»
“Kattaqo'rg'on” jamoasi ertaga Pro liganing navbatdagi turi doirasida maydonga chiqadi.
photo: Kattaqo'rg'on FK
Xabaringiz bor, “Kattaqo'rg'on” jamoasi ertaga Pro liganing navbatdagi turi doirasida maydonga chiqadi. Mazkur bahs oldidan "Kattaqo'rg'on" himoyachisi Jasurbek Jumayevning fikrlariga quloq tutdik.
"Ertangi o'yin biz uchun juda mas'uliyatli. Muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak. "Yaypan"ni hurmat qilamiz. Bu jamoa Pro ligada munosib raqib ekanini allaqachon isbotlab bo'ldi va har bir uchrashuvga jiddiy yondashyapti. Shu sababli oson bo'lmasligi aniq.
Oldimizga katta maqsad qo'yilgan. Mavsum uzun va hammasi hali oldinda. Superliga yo'llanmasi uchun kurash oxirigacha davom etadi", — deydi qashqadaryolik futbolchi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor