Juma Al Mahmid: «O'zbekistonda bo'lish juda yoqimli»
OChL 2-guruh bosqichiga qur'a tashlangach, "Andijon"ning guruhdagi raqiblarining bu boradagi fikrlarini bilish ham qiziq edi.
Shu maqsadda "Andijon" matbuot xizmati Bahraynning "Al-Xolidiyah" klubi rasmiy vakili Juma Al Mahmid bilan suhbatlashdi.
— Qur'a haqida nima deya olasiz?
— Avvalo, Malayziyadagi qur'a marosimida bo'lib turganimdan mamnunman. Shu bilan birga tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Qur'aga keladigan bo'lsak, adolatli bo'ldi. Guruhda barcha jamoalar teng kuchga ega. Ko'p jamoalar yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Chunki ular shu bosqichga yetib kelishgan. Umid qilamanki, yaxshi futbol ko'ramiz.
— Bungacha "Andijon" klubi haqida nimalarni bilasiz?
— O'zbekiston futboli haqida gapirganda ko'p bahraynliklar bu borada turli hil xotiralarga ega. Ayniqsa, 2004-yilgi Osiyo Kubogini eslash mumkin. O'zbekiston terma jamoasini yengib, yarim finalga chiqqanmiz. Bundan tashqari, O'zbekiston ajoyib mamlakat, mehmondo'stligi bilan ham tanilgan. Shu bois, Xudo xohlasa, O'zbekistonda bo'lish juda yoqimli. Qolaversa, O'zbekiston klublari haqida ko'proq bilib boramiz.
— Qur'ada siz o'ylagan raqiblar duch keldimi?
— To'g'risini aytganda, men birorta jamoa nomini aniqlash haqida o'ylamagandim. Shunchaki, qur'adan zavqlanishni o'yladim. Chunki bu tadbirda bir-birimiz haqida ko'proq o'rganamiz.