Jud Bellingem va Harri Keyn Angliya terma jamoasining tarixiy rekordini o‘rnatishdi
Bu hali hech qachon kuzatilmagan.
FOTO: Getty Images
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionati 1/4 finali doirasidagi Norvegiyaga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan vaqtda gol urishga muvaffaq bo‘ldi va jamoa hujumchisi Harri Keyn bilan birgalikda mamlakat terma jamoasi tarixida ilgari hech qachon kuzatilmagan milliy rekordni qayd etdi.
Squawka statistik portali o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berishicha, JCh tarixida ilk bor Angliya terma jamoasining ikki nafar futbolchisi bitta jahon birinchiligida 5 tadan va undan ko‘p gol urishga erishdi.
Ayni daqiqalarga kelib Bellingem hisobida 5 ta gol mavjud bo‘lsa, Keyn o‘z hisobiga 6 ta golni yozdirib qo‘ygan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist