locale OZ

Jud Bellingem kutilganidan ko‘proq muddatga safdan chiqdi

22 yoshli futbolchi kamida 6-8 haftani oʻtkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jud Bellingem kutilganidan ko‘proq muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingemning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli ingliz futbolchisi kamida 6-8 haftani maydon tashqarisida o‘tkazadi.

Bellingem La Liganing 22-turi doirasida o‘tgan «Rayo Valyekano»ga qarshi bahsda (2:1) mushaklaridan jarohat olgan edi.

Endilikda u «qirollik klubi»ning bir qator muhim uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting