Joze Mourinyo va Krishtianu Ronaldu yo'llari yana kesishishi mumkin
FOTO: Getty Images
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini Portugaliya terma jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda beIN Sports nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Portugaliya futbol federatsiyasi Mourinyo qo'lga kiritish uchun “Fenerbaxche”ga tovon to'lashga ham tayyor.
Qayd etilishicha, termaning hozirgi murabbiyi Roberto Martines rahbariyat ishonchini uyg'otmayapti va ular JCh-2026 uchun eng yaxshi murabbiy variantini o'rganib chiqmoqda.
Ma'lumot uchun, agarda bu kelishuv amalga oshsa, Mourinyo va Krishtianu Ronaldu yo'llari yana kesishishi mumkin. Avvalroq ular “Real Madrid”da birga ishlashgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist