locale OZ

Joze Mourinyo JCh-2026dan soʻng Portugaliya bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Hozirda ushbu lavozimni Roberto Martines egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyo JCh-2026dan soʻng Portugaliya bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

Portugaliya futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga Joze Mourinyoni taklif etish variantini ko‘rib chiqmoqda. ESPN nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, tegishli taklif amaldagi ustoz Roberto Martinesning shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Martinesning Portugaliya bilan kelishuvi 2026 yilning 31 iyuliga qadar mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda 63 yoshli Mourinyo Lissabonning «Benfika» klubini boshqarmoqda va uning klub bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha davom etadi.

Amaldagi murabbiylar shtabi boshqaruvida Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Jamoa o‘tkazilgan oltita uchrashuvda 13 ochko jamg‘arib, «F» guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Guruhda portugaliyaliklarga Vengriya, Irlandiya va Armaniston terma jamoalari raqiblik qildi.

Portugaliya terma jamoasi uchun bu ketma-ket yettinchi bor jahon birinchiligiga yo‘llanma olish hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 bahslari shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting