Jorje Jezus: \"Krishtianu Ronaldo hech qachon muammo bo‘lmaydi\"
Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Krishtianu Ronaldoning jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Foto: Getty Images
Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezus Krishtianu Ronaldoning jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
"Krishtianu hech qachon muammo bo‘lmaydi. U g‘alaba qozonishni istaydigan, jamoaga foyda keltirishga harakat qiladigan futbolchi. Bunday futbolchilar har qanday murabbiy uchun katta boylik."
Jezus va Ronaldo avvalroq Saudiyaning "An-Nassr" klubida birga ishlagan. Endilikda tajribali mutaxassis Portugaliya terma jamoasida ham Ronaldoga ishonch bildirishini ma'lum qildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist