Jorj uchun 7 ta klub da’vogar
19 yoshli vingerning “buqalar” bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi
ФОТО: Getty images
“Chelsi” yarim himoyachisi Tayrik Jorj qishki transferlar davrida jamoasini tark etish haqida jiddiy o‘ylamoqda.
Futbolchi "nafaqaxo‘rlar" safidagi o‘yin vaqtidan norozi, deb xabar beradi Caught Offside.
Vinger faoliyatini davom ettirish uchun ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida "Fulhem", "Everton", "Lids" va "Sautgempton" klublari bor. Tumani Albiondan tashqarida esa Tayrikka "RB Leyptsig" va "Roma" ham qiziqish bildirmoqda.
19 yoshli vingerning “buqalar” bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirida yakuniga yetadi. Jorjning bozor narxi 22 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist