locale OZ

Joau Pedro avgust oyi yakunlariga ko‘ra APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Bu haqda Angliya chempionati ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.
Joau Pedro avgust oyi yakunlariga ko‘ra APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
photo: gettyimages

«Chelsi» hujumchisi Joau Pedro avgust oyi yakunlariga ko‘ra APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Angliya chempionati ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.

Braziliyalik futbolchi avgust oyida APLning uchta uchrashuvida ikki gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

«Chelsi» APLdagi uch turdan so‘ng 6 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Joau Pedro 2025 yil yozidan buyon «Chelsi»da o‘ynab kelmoqda. U «Brayton»dan transfer qilingan. Umuman olganda, futbolchi London klubi safida 57 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning «Chelsi» bilan shartnomasi 2034 yil yozigacha amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting