locale OZ

Joan Garsiya: «Alvaresning ajoyib futbolchi ekanligini hamma yaxshi biladi»

Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joan Garsiya: «Alvaresning ajoyib futbolchi ekanligini hamma yaxshi biladi»
ФОТО: Getty images

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

«Xulian bizga muhim sifatli sakrash bergan bo‘lardi. Tarkibda qancha ko‘p buyuk futbolchi bo‘lsa, sifat shuncha yuqori bo‘ladi. Hamma Xulianing ajoyib futbolchi ekanini biladi, lekin u «Atletiko»da o‘ynaydi.

Biz uning qarorlariga va klublar nima qaror qilishi mumkinligiga kuchli ta’sir o‘tkaza olmaymiz. Matbuotda yozilganlar haqiqatmi yoki yo‘qligini hech qachon bilmaysan, shu sabab biz bunga unchalik e’tibor bermaymiz», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi RAC1.

Avvalroq Alvares «Atletiko»ni tark etish istagini omma oldida ma’lum qilgan edi. 26 yoshli argentinalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting