locale OZ

Jezush va Portugaliya futbol federatsiyasi rahbari Ronalduni jamoada qolishga ko‘ndirishga urindi — Marca

Futbolchining shaxsiy samolyoti bilan Madrid tomon uchib ketgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jezush va Portugaliya futbol federatsiyasi rahbari Ronalduni jamoada qolishga ko‘ndirishga urindi — Marca
Фото: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush va Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) rahbari Pedru Proensa Krishtianu Ronalduni jamoani tark etmaslikka ko‘ndirish uchun Kopengagen aeroportiga shaxsan borishdi. Biroq ularning urinishlari natija bermadi va futbolchi milliy terma jamoa qarorgohini tark etdi. Bu haqda «Marca» xabar berdi.

Millatlar ligasida Daniyaga qarshi o‘yin oldidan «Al-Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro sabab terma jamoani tark etdi.

Manbaga ko‘ra, murabbiy va federatsiya rahbari terma jamoa sardorini jamoada qolishga ishontirishga harakat qilishgan, ammo uning qarorini o‘zgartira olishmagan.

Futbolchining shaxsiy samolyoti bilan Madrid tomon uchib ketgan.

Endi Ronaldoga nisbatan jazo qo‘llanishi mumkin — bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya va jarima. Shuningdek, uning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting