locale OZ

Jeyms Milner futbolchilik faoliyatini yakunladi

U Angliya Premer-ligasida 658 ta o‘yin o‘tkazib, eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyms Milner futbolchilik faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

“Brayton” yarim himoyachisi Jeyms Milner 40 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Bunga qadar yarim himoyachi "Liverpul", "Manchester Siti" va boshqa bir qator Britaniya klublarida o‘ynagan. U Angliya Premer-ligasida 658 ta o‘yin o‘tkazib, eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.

“APLdagi 24 mavsumdan so‘ng, o‘ylaymanki, futbolchilik faoliyatimni yakunlash uchun qulay vaqt keldi. "Nyukasl", "Lids", "Aston Villa", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Brayton" jamoalarini vakillik qilish va, albatta, "Suindon"da unutilmas bir oyni o‘tkazish — bu aql bovar qilmas sharafdir. Har bir klub mening hayotim va faoliyatimda katta rol o‘ynadi va men bunga aloqador bo‘lgan, yo‘limda menga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman.

Men futbolni katta g‘urur, minnatdorchilik va bir umr yonimda qoladigan xotiralar bilan tark etmoqdaman. Futbol menga tasavvur qilganimdan ko‘ra ko‘proq narsa berdi va men berilgan imkoniyatlar uchun doimo minnatdor bo‘laman. Bu yo‘lning bir qismi bo‘lgan barchaga minnatdorchilik bildiraman", - deb yozdi Milner ijtimoiy tarmoqlarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting