Jeymi Vardi Uels klubiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Lester” afsonasi Jeymi Vardi yozda jamoani tark etishini e'lon qilgandi.
TeamTalk xabar berishicha, 38 yoshli angliyalik futbolchi oldida Saudiya Arabistoni va MLS klublaridan takliflar bor. Ammo u faoliyatini Uelsning “Rekshem” jamoasida davom ettirishi mumkin.
“Rexsem” Chempionshipga yo'l oldi. Vardi esa ushbu taklifni qabul qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist